Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainani G‘arb hamkorlari tomonidan qurollantirish fonida navbatdagi tahdidlar bilan chiqdi. Siyosatchi o‘zining Telegram kanalida tegishli fikri bilan bo‘lishdi.

Foto: Getty Images

Medvedev Kanadaning Ukrainaga yordami, AQSH Abrams tanklari yetkazib berishi va ATACMS raketalar berilishi haqida yozdi.

“Aftidan, Rossiyaga NATO bilan quruqlikda to‘g‘ridan to‘g‘ri konfliktga borishdan tashqari kam tanlov qoldirilmoqda. NATO Gitler o‘qi kabi, kattaroq bo‘lsa-da, ochiq fashistik blokka aylangan. Garchi natija 1945-yildagidan ko‘ra insoniyat uchun ancha qimmatga tushsa-da, biz tayyormiz”, — dedi Medvedev.

Amerikaning Abrams tanklari Ukrainaga yetib keldi 

AQSH umumiy hisobda Ukrainaga 31 ta Abrams M1A1 tankini yuboroshga va’da bergan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 25-sentyabr kuni tanklarning birinchi qismi yetib kelganini tasdiqladi.

Bayden Zelenskiyga uzoq masofali ATACMS raketalarini va’da qilgan

AQSH Ukrainaga ATACMS uzoq masofali raketalarining kichik partiyasini berishini ma’lum qilgan. Raketalar qachon yuborilishi yoki ta’minot haqida qachon rasman e’lon qilinishiga aniqlik kiritmagan. Ukraina ulardan Rossiyaga qarshi foydalanmasligini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »