Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga yetkazib beriladigan “Antistrumin” dori vositasini xarid qilish bo‘yicha jami 21 milliard 875 million so‘mlik shartnoma tuzilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlarda keltirilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ta’sischiligidagi “O‘zmedimpeks” MCHJ kaliy yodid 1 mg (0,001 g) №100 (“Antistrumin”) dori vositasini xarid qilish uchun 2022-yil iyun oyida “Samo” MCHJ bilan 5 milliard 610 million so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan. 2023-yil 11-yanvarda esa ushbu shartnomaga 956 million so‘mlik qo‘shimcha kelishuv qilingan.

“O‘zmedimpeks” 2023-yil 4-mayda yana “Antistrumin” dori vositasini xarid qilish uchun “Samo” MCHJ bilan 15 milliard 275 million so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan. Ushbu shartnomalarga ko‘ra, jami 21 milliard 875 million so‘m mablag‘ evaziga “Samo” MCHJ 3 million 550 mingta miqdorda “Antistrumin” yetkazib berishi ko‘rsatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, “Antistrumin” dori vositasini xarid qilish uchun hech qanday tender o‘tkazilmagan, shartnomalar to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan. “Samo” MCHJ ta’sischilaridan biri Nodir Yunusov AQSH bojxona va immigratsiya nazorati xizmati tomonidan qidiruvga berilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Unga odam savdosi, qul mehnati, firibgarlik, reketchilik va korrupsiyaga uchragan tashkilot tashkil etish kabi ayblovlar qo‘yilgan. 

Nodir Yunusov, shuningdek, Zuma Pharma MCHJ rahbari ham sanaladi. Davlat xaridlari portalida “O‘zmedimpeks” Zuma Pharma bilan ham tuzgan shartnomalar haqida ma’lumot bor. Jumladan, 7000 dona shpris-ruchka eritropoetin vositasini yetkazib berish bo‘yicha 782 million so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzilgan.

E’tiborlisi, har ikkala MCHJ ta’sischilarida Yunusov familiyali shaxslar ko‘pligini ko‘rish mumkin. Zuma Pharma korxonasi rahbari Nodir Yunusov bo‘lsa, Farrux Yunusov rahbarligidagi “Samo” MCHJ korxonasi ta’sischilari qatorida Nodir Yunusov, Xolida Yunusova bor.

Ayni paytda “Samo” korxonasining farmatsevtik faoliyati bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »