Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga yetkazib berilgan “Antistrumin” dori vositasini xarid qilish bo‘yicha jami 21 milliard 875 million so‘mlik shartnoma tuzilgani to‘g‘risida ma’lumot tarqalgandi. Davlat xaridlari portalidagi qo‘shimcha ma’lumotlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi ta’sischiligidagi “O‘zmedimpeks” MCHJ kaliy yodid 1 mg (0,001 g) №100 (“Antistrumin”) dori vositasini xarid qilish uchun 2022-yil iyun oyida “Samo” MCHJ bilan 5 milliard 610 million so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgani, 2023-yil 11-yanvarda esa ushbu shartnomaga 956 million so‘mlik qo‘shimcha kelishuv qilingani ochiqlangandi.

Foto: “Daryo”

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov hamda vazirlik mas’uli Sharof Hamroyevning “Daryo” jurnalisti bergan savolga aniqlik kritishicha, vazirlik muassisligidagi MCHJ “Antistrumin” dorisini sotib olish uchun internetda e’lon bergan. 

Kaliy yodidni to‘g‘ridan to‘g‘ri olish huquqimiz bo‘lsa-da, biz bu borada konkurs e’lon qilganmiz. Eng arzon narxda sotib olish uchun saytda o‘zbek va rus tillarida e’lon berilgan. Bu e’londan kelib chiqib, xohlagan ishtirokchi, xorijlik bo‘lsa ham qatnashishi mumkin bo‘lgan. E’londan so‘ng odatda bizga takliflar kelib tushardi. Lekin bu e’londan so‘ng bizga faqat “Samo” MCHJdan taklif kelib tushgan. Faqat bir kishidan, — deydi Sharof Hamroyev.

Vazir Amrillo Inoyatovning bunga qo‘shimcha qilishicha, e’londa 1 mg (0,001 g) doza so‘ralgani uchun, faqat shu ishlab chiqaruvchi so‘ralgan dozani taklif qilolgan. 

Vazirlik vakilining jurnalistlarga ma’lumot berishicha, “Samo” MCHJ kaliy yodidni 65 so‘mdan taklif qilgach, vazirlik vakillari uning narxini tushirish bo‘yicha taklif bergan. Ammo MCHJ bunga javob qaytarmagan. Shundan so‘ng, vazirlik muassisligidagi “O‘zmedimpeks” MCHJ dorini shu narxda sotib olishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, vazirlik va MCHJ saytlarida g‘olib kimligini e’lon qilgan. 

Jurnalistlar va mas’ullarning mazkur masaladagi savol-javobiga qo‘shilgan sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov, “Bu bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar bor, ular buni ochiq-oydin o‘rganishyapti. Narxi masalasida o‘rganilyapti, aniqlansa, hammasini javobgar qilish masalasi bor”, — dedi. 

“O‘zmedimpeks” 2023-yil 4-mayda yana “Antistrumin” dori vositasini xarid qilish uchun “Samo” MCHJ bilan 15 milliard 275 million so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan. Ushbu shartnomalarga ko‘ra, jami 21 milliard 875 million so‘m mablag‘ evaziga “Samo” MCHJ 3 million 550 mingta miqdorda Antistrumin yetkazib berishi ko‘rsatilgan. Tarmoq foydalanuvchilari Sog‘liqni saqlash vazirligi ta’sischiligidagi “O‘zmedimpeks” MCHJ kaliy yodidni “Samo” MCHJdan 2022-yilda 5500 so‘mdan, 2023-yilda 6500 so‘mdan sotib olganini yozib, chakana savdoda xuddi shu ishlab chiqaruvchi, aynan shu dorisini 2800-3000 so‘mdan taklif qilayotganini bildirgan.

“Samo” MCHJ ta’sischilaridan biri Nodir Yunusov AQSH bojxona va immigratsiya nazorati xizmati tomonidan qidiruvga berilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Unga odam savdosi, qul mehnati, firibgarlik, reketchilik va korrupsiyaga uchragan tashkilot tashkil etish kabi ayblovlar qo‘yilgan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston yod tanqisligi kasalliklari keng tarqalgan endemik mintaqalar sirasiga kirishini ma’lum qildi. Mas’ullarning bildirishicha, okean va dengizlardan uzoqlik, keskin kontinental iqlim sharoiti odamlar salomatligiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ayrim kasalliklar borki, ular O‘zbekistonda surunkali tus olgan. Shulardan ba’zilari yod yetishmovchiligi sabab kelib chiqadi. Shu bois O‘zbekiston yod tanqisligi kasalliklari keng tarqalgan endemik mintaqalar sirasiga kiradi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘tkir global tibbiy-ijtimoiy va demografik muammo sifatida baholayotgan ushbu xastalik 130 dan ortiq mamlakatda uchraydi. Dunyo aholisining uchdan bir qismidan ko‘prog‘ida uning rivojlanish xavfi yuqori. Shunday hududlarda yashovchi 740 million nafar kishida yod tanqisligi kasalliklarining turli ko‘rinishlari mavjud va ularning 50 million nafarida miya disfunksiyasi va aqliy zaiflik kuzatilishi kishini yana ham xavotirga soladi. Bu kabi holatlarning asosiy “aybdor”i — yod mikroelementidir.

Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar ilmiy bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimovaga ko‘ra, yod mikroelementi inson organizmida qalqonsimon bez gormonlarining normal sintezlanishi uchun zarur. Yetarli darajada yod iste’mol qilmaslik qalqonsimon bez funksiyasining buzilishiga olib keladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »