Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iroqning Nineviya viloyati Hamdaniya tumanida to‘y marosimi chog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 100 kishi halok bo‘ldi, yana 150 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda INA.

Videodan kadr

Iroq bosh vaziri Muhammad Shia Al-Sudani ichki ishlar va sog‘liqni saqlash vazirlariga yong‘indan jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilishni buyurdi.

“Baxtsiz hodisada jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda”, — deyiladi hukumat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Fuqarolik mudofaasi yong‘inga to‘y vaqtida pirotexnikadan foydalanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Marosim o‘tkazilgan zalda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilmagan. Yong‘in vaqtida zalning ayrim qismlari qulab tushgan, chunki qurilish vaqtida yonuvchan va arzon materiallar qo‘llangan, dedi fuqarolik muhofazasi xodimlari.

Avval Iroqda ziyoratchilar ketayotgan avtobus ag‘darilib, 18 kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »