Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) poytaxti Yoxannesburgdagi biznes okrugida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 73 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq odam jarohatlandi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Foto: Getty Images

Dastlab mahalliy hukumat 56 kishi halok bo‘lgani va 40 dan ortiq kishi jarohat olganini aytgan. Keyinchalik qurbonlar soni oshgan. Yong‘in boshpanasizlar yashayotgan qarovsiz besh qavatli binoda mahalliy vaqt bilan soat 02:30 larda boshlangan.

Bino ichida kulbalar va chodirlar o‘rnatilgani o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilarning ishini qiyinlashtirgan, shuningdek, odamlarning binoni tezda tark etishiga to‘sqinlik qilgan.

Halok bo‘lganlar orasida yetti nafar bola bor, ularning eng kichigi bir yoshda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, binoda 200 ga yaqin odam bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Hozirda yong‘in o‘chirilgan. Qutqaruvchilar vayronalarni tozalash va qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda. Yong‘inga nima sabab bo‘lgani voqeani o‘rganish jarayonida aniqlanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »