Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ruminiyaning Dimbovitsa okrugi Krevediya qishlog‘idagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida ikkita kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RFE xabar berdi.

Foto: Euronews

Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 57 kishi jarohat oldi. 54 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Jarohatlanganlarning 39 nafari o‘t o‘chiruvchi, yana to‘rt nafari huquq-tartibot xodimidir. Sakkiz kishining ahvoli og‘ir.

Hozirda yong‘in qurshab olingan. 700 metr radiusda yashovchi 3 ming kishi evakuatsiya qilingan. Voqea joyida transport harakati to‘xtatilgan. Ruminiya bemorlarni davolash uchun Yevropa Ittifoqidan yordam so‘ramoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Maxachqal’ada 15-avgustga o‘tar kechasi yonilg‘i quyish shoxobchasida kuchli portlash va yong‘in yuz berdi. Hodisa oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘ldi. Ularning to‘rt nafari O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda

Holat yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dog‘istonda motam e’lon qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »