Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga fuqarolar pensiya ta’minotiga oid milliy qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish, sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qarorlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zgarishlarga muvofiq:

  • Endilikda pensioner pensiya to‘lashni vaqtinchalik to‘xtatib turish haqida nafaqat Pensiya jamg‘armasining bo‘limiga, balki davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat qilishi mumkin;
  • 100 yoshga to‘lgan shaxslarga har oylik qo‘shimcha to‘lov ularning murojaatisiz, qo‘shimcha hujjatlarni talab etmagan holda (maʼlumotlar axborot tizimidan olinadi) “proaktiv” shaklda amalga oshiriladi.

Maʼlumot uchun, 2022-yil 1-martdan boshlab yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilangan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasinig 2022-yil 13-oktabrdagi qaroriga ilova – Pensiya hisoblash uchun qabul qilinadigan  ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan to‘ldirilmoqda

Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 20-sentabrdan kuchga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil uchun “O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunga asosan, Pensiya jamg‘armasiga davlat budjetidan transfertlar miqdori 15 trillion so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Sobiq iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov shu yilning mart oyidagi matbuot anjumanida Pensiya jamg‘armasi uchun 14,5 trillion so‘m tashqi qarz jalb qilinishini maʼlum qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »