Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moldovaning Kaushan viloyatidagi Farladan qishlog‘i yaqinidagi ko‘lda raketa qoldiqlari topildi. Bu haqda Moldova Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Foto: Moldova ichki ishlar vazirigi

Mahalliy aholi ko‘lga qulagan raketaning bir nechta qismlarini topgan. Rasmiylar qoldiqlar haqiqatan ham raketaniki ekanini tasdiqlagan va mutaxassislar hozirda raketaning turi va kelib chiqishini o‘rganmoqda. Farladan qishlog‘i Ukraina bilan chegaradan atigi 40 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Foto: Moldova ichki ishlar vazirigi

Ko‘l va qishloq hududida qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan, chunki qulagan raketaning portlovchi moddalari ko‘l tubida bo‘lishi mumkin.

Hudud hozirda o‘rab olingan va fuqarolar uchun yopiq, politsiya esa voqea joyida xavfsizlikni ta’minlamoqda. Qoldiqlarni va ehtimoliy portlovchi qismlarni qidirishda politsiya, qutqaruvchilar, harbiy va chegara politsiyasi ishtirok etmoqda. 

Foto: Moldova ichki ishlar vazirigi

Ish 27-sentyabr kuni boshlangan va hozirgacha davom etmoqda. Voqea joyiga Moldova ichki ishlar vaziri Adrian Efros ham yetib kelgan. Hozirda aholi uchun hech qanday xavf yo‘q, chunki hudud izolyatsiya qilingan va eng yaqin turar joy binolari xavfli hududdan 1 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Foto: Moldova ichki ishlar vazirigi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »