Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin muddatli harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Hujjatga ko‘ra, kuzda muddatli harbiy xizmatga 130 ming kishi tanlab olinadi. Unga 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, sog‘lig‘i bo‘yicha yaroqli va zaxirada bo‘lmagan fuqarolar chaqiriladi. Kuzgi chaqiruv 2023-yil 1-oktabrda boshlanib, 31-dekabrda tugaydi.

Rossiya Qurolli Kuchlarining Bosh tashkiliy va safarbarlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vladimir Simlyanskiy harbiy xizmatga chaqiriluvchilar “yangi hududlarga” urushda qatnashish uchun yuborilmasligini aytdi. 

“Harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgach, ular zudlik bilan bo‘shatiladi va uyiga jo‘natiladi”, — dedi u.

1-oktyabrdan boshlab Rossiyada harbiy xizmatga chaqiruv bo‘yicha harbiy komissiyaga uzrsiz sababsiz kelmaganlik uchun jarima miqdori oshiriladi. Maksimal jarima miqdori 30 ming rublni (3 million 754 ming so‘m) tashkil qiladi. Tegishli qonunni 31-iyul kuni Vladimir Putin imzolagan.

  • 2023-yil bahorgi muddatli harbiy xizmatga 147 ming kishi chaqirilgan. Tegishli farmonni Putin 30-mart kuni imzolagan.
  • 2022-yili kuzgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv bir oy keyinroq — 1 noyabrdan boshlangan edi. O‘shanda 120 ming kishi harbiy xizmatga chaqirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »