Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatida noqonuniy elektr energiyasidan foydalanish orqali davlat manfaatlariga 1,5 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Xususan:

  • Oltinko‘l tumanidagi “VRB 2022” MCHJga qarashli plyonka ishlab chiqarish sexining elektr hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir ko‘rsatilgani natijasida davlat manfaatlariga 1 milliard 82 million (2 million 405 ming 441 kVt/soat);
  • Andijon shahridagi “B.X.” MCHJga qarashli choyxonaning elektr hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir ko‘rsatilgani natijasida davlat manfaatlariga 326 million so‘m (724 ming 907 kVt/soat);
  • Andijon shahridagi “ZNX F.” xususiy korxonasi elektr hisoblagichni o‘zboshimchalik bilan almashtirib yuborgani natijasida davlat manfaatlariga 140 million so‘m (311 ming 464 kVt/soat), uchta holatda jami 1 mlrd 548 mln 815 ming 600 so‘m zarar yetkazilgan.

Ushbu miqdordagi elektr energiyasi 16 ming 840 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga tengdir.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Avvalroq Jizzax shahridagi MCHJ 3 mlrd 840 mln so‘m yoki 19 200 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Shuningdek, Toshkentda salkam 530 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani, O‘zbekistonda bir oyda elektr va gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida tizimga qancha zarar yetgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »