Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon banki 2023—2024-yil uchun O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi bo‘yicha prognozini yaxshiladi. Bu haqda bankning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyoti bo‘yicha e’lon qilgan hisobotida keltirilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 2023-yilda 5,5 foizga yaqinlashadi. U o‘rta muddatli istiqbolda bosqichma-bosqich tezlashib, 2024 va 2025-yillarda mos ravishda 5,6 va 5,8 foizga yetishi mumkin. 2023-yilda isteʼmol darajasi o‘sishi sekinlashadi, bu Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmining pasayishi bilan bog‘liq.

Qayd etilishicha, 2023-yilda import o‘sishi tezlashishi kutilmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish surʼatlarini saqlab qolish uchun uning hajmi o‘rta muddatli istiqbolda o‘sishda davom etadi. Pul o‘tkazmalari hajmining qisqarishi bilan mamlakatning joriy hisobi defitsiti birinchi yarim yillikda 6,3 foizga yetdi va o‘sishda davom etadi.

“Energetika sohasiga yuqori xarajatlar, davlat sektorida taʼlim, ish haqi, pensiya va nafaqalarga ko‘proq xarajat qilinishi hamda daromadlarning kamayishi hisobiga 2023-yilda budjet taqchilligi YAIMning 5 foizigacha oshishi prognoz qilinmoqda”, — deyiladi hisobotda.

Hukumat o‘rta muddatli istiqbolda budjetni konsolidatsiyalashi, budjet taqchilligini 2024-yilda yalpi ichki mahsulotning 4 foizigacha, 2025-yilda esa 3,6 foizigacha kamaytirishi kutilmoqda. Bu davlat korxonalari uchun soliq imtiyozlarini qisqartirish, energetik subsidiyalar xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, davlat aktivlarini xususiylashtirishdan moliyaviy tushumlarning ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Hukumat, shuningdek, tashqi qarz olish bo‘yicha o‘z cheklovlariga rioya qilishi kutilmoqda. Shu sababli davlat qarzi 2023-yilda yalpi ichki mahsulotning 36 foizigacha o‘sadi va 2024-yilda 36,6 foizni tashkil etadi.

YTTB, XVJ va Jahon banki prognozlari

Avvalroq Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023 va 2024-yillarda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qilgandi. Bank o‘zining mintaqaviy hisobotida tashqi bog‘liqlikning nisbatan kuchsizlanishiga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyotiga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining yanada kuchayishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi qiyinchilik tug‘dirishi mumkinligi qayd etilgan.

  • Xalqaro valyuta jamg‘armasi aprel oyidagi hisobotida O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish prognozini yaxshilagan.
  • Unga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonda YIM o‘sishi 5,3 foizni tashkil etishi kutilmoqda, oktyabr oyidagi prognozda bu ko‘rsatkich 4,7 foizni tashkil etgan edi.
  • Jahon banki O‘zbekiston keyingi ikki yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi iqtisodiy o‘sishga ega bo‘lishini bildirgan. 
  • Respublika iqtisodiyoti o‘sish sur’ati 2024 va 2025-yillar uchun mos ravishda 5,4 va 5,8 foizni tashkill etishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »