Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moldova prezidenti Mayya Sandu Financial Times gazetasiga bergan intervyusida “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi 2023-yil boshida mamlakatda davlat to‘ntarishini amalga oshirmoqchi bo‘lgani, ammo buning oldi olingani to‘g‘risida gapirdi.

Foto: Sputnik
“Bizda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, bu Yevgeniy Prigojin jamoasi tomonidan tayyorlangan reja bo‘lgan”, — deydi Sandu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Vagner” yollanma jangchilari Moldova hukumatiga qarshi norozilik namoyishlari zo‘ravonlik aksiyalariga aylanib ketishini istagan. U boshqa tafsilotlarni keltirmadi.

Sanduning hisoblashicha, Rossiya Moldovaga nisbatan bosimni kuchaytirish niyatida. “Ular hukumatni ag‘darmoqchi bo‘ldi, biroq buni uddalay olmadi. Endi esa ular katta pullarni ishga solib saylovlarimizga aralashmoqchi”, — deydi Moldova prezidenti.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy fevral oyida Ukraina razvedkasi “Moldovadagi siyosiy vaziyatni buzish bo‘yicha Rossiya rejasini” qo‘lga kiritgani haqida gapirgandi. Ukraina tegishli ma’lumotlarni Moldova tomoniga taqdim etgan.

O‘z navbatida Moldova hukumati Ukraina maxsus xizmatlari ma’lumotlarini tasdiqlagan. Mayya Sandu tez orada qo‘poruvchilar davlat binolariga hujum qilib, asirlarni qo‘lga olmoqchiligini bildirgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa G‘arb davlatlari Moldovani “navbatdagi Ukraina” sifatida ko‘rayotganini aytgandi. Moldova Ukrainadagi urush tufayli Rossiya bilan aloqalarni uzgan. Moldova razvedkasi rahbari Rossiya qo‘shinlarining Ukraina orqali Moldova tomon harakatlanishi xavfini “real va juda yuqori” deb atagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »