Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Vazirlar Mahkamasining “Istirohat bog‘lari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimiga “Istirohat bog‘lari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori joylashtirilgan bo‘lib, hujjat bilan Toshkent shahridagi Botanika bog‘ini Fanlar akademiyasi tasarrufidan poytaxt hokimligi tasarrufiga o‘tkazish belgilangan

Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi mazkur Botanika bog‘i uning nizomiga ko‘ra, ilmiy muassasa bo‘lib, bugungi kunda bog‘dagi o‘simliklarning turlari genofondi, sonining xilma-xilligi, kolleksion turlar genofondi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yagona bo‘lgan yirik noyob ilmiy-unikal obyekt hisoblanadi.

Botanika bog‘i 2-3 yilda yana 200 dan ortiq yangi manzarali turlar bilan boyitilgan. Ayni paytda mazkur bog‘da 2450 dan ortiq gulli-manzarali daraxt va butalar hamda dorivor o‘simlik turlari mavjud.

“Yuqoridagi qaror loyihasida istirohat bog‘lari hududlarini savdo va pullik xizmatlar ko‘rsatish uchun ijaraga berish, attraksionlar o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu faoliyat esa ilmiy muassasa sifatida tashkil etilgan Toshkent Botanika bog‘ida saqlanayotgan, dunyoning 5 qit’asidan keltirilgan, noyob bo‘lgan flora obyektlariga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deyiladi Ekopartiya munosabatida. 

Ta’kidlanishicha, shu sababli Botanika bog‘ini Vazirlar Mahkamasining “Istirohat bog‘lari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish” to‘g‘risidagi qarori loyihasidan chiqarish hamda Botanika bog‘iga Milliy bog‘ maqomini berish orqali uning nufuzini va muhofazasini kuchaytirish kerak.

Mazkur masala bo‘yicha partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi nomidan hukumatga deputatlik so‘rovi yuborilgan.

Mavzuga doir
Izoh

Камол Туляев

07.10.2023, 10:18

хокимият йулига гов буманглар,Энди ботаника богиниям сотайлик!!

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »