Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Toshkent” aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash ishlari boshlangani ma’lum qilindi.

Foto: “Uzbekistan Airports”

Qayd etilishicha, Toshkent aeroportining ayerodrom majmuasini ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Xususan, B1-B5 va B11-B17 samolyot turar joylarini, shuningdek, RD-B yurish yo‘lini kapital ta’mirlash ishlari boshlandi. Kapital ta’mirlash doirasida sun’iy qoplama mustahkamlanadi.

“Bu joyda oxirgi marta ta’mirlash ishlari 2000-yillarda amalga oshirilgan. Foydalanish muddati uzoq bo‘lganligi sababli ta’mirlashni talab qiluvchi nuqsonli joylar shakllangan”, — deya izoh berildi “Uzbekistan Airports”ning parvozlarga aerodromda texnik ta’minot ko‘rsatish bo‘limida.

Ta’mirlanayotgan asfalt va beton aralashmasining umumiy maydoni 92 ming kvadrat metrni tashkil qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »