Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi doirasida “Barselona” 8-oktabr, yakshanba kuni “Granada”ga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Kataloniyaliklar yarim himoyachisi Lamin Yamal birinchi bo‘lim so‘ngida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shu tariqa Yamal 16 yosh 87 kunlik vaqtida gol urib, Ispaniya chempionatida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Avvalgi rekord Fabris Olingaga tegishli edi. Olinga 2012-yilda “Malaga” safida “Selta”ga gol urgan vaqtda 16 yosh 98 kunlik edi. 

Shuningdek, Lamin top ligalar tarixida gol urgan eng yosh futbolchilar top-5 ligiga kirdi. Bu borada rekordchi “Roma”da 1937-yil gol urgan Amedeo Amadei hisoblanadi. Italiyalik futbolchi 15 yosh 287 kunlik vaqtida raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Undan keyingi o‘rinlarni Jeyson Dotselli (“Ipsvich”, 1984-yil, 16 yosh 57 kunlik vaqtida), Janni Rivera (“Alessandriya”, 1959-yil, 16 yosh 68 kunlik vaqtida) va Pyetro Pellegri (“Jenoa”, 2017, 16 yosh 72 kunlik vaqtida) egallab turibdi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »