Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov raisligida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining 2023-yildagi to‘qqiz oylik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bahodir Ahmedov va Davron Sheraliyev (o‘ngda)
Foto: Madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati

Yig‘ilish avvalida Bahodir Ahmedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan muassasa rahbari vazifasini bajarib kelgan Davron Sheraliyevning vazifasidan ozod etilganini bildirib, shu paytga qadar direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelgan Sanjar Erdanov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanganini maʼlum qilgan.

Qayd etilishicha, yig‘ilish davomida muassasaning ish faoliyati qayta ko‘rib chiqilib, bir oy mobaynida yangi ijodiy loyihalar bo‘yicha aniq choralar belgilanishi, soha mutaxassislari bilan respublika bo‘ylab tashkil etilayotgan konsert-tomosha va ko‘ngilochar tadbirlarining dasturlarini alohida eʼtiborga olish kabi masalalar muhokama qilingan.

Davron Sheraliyev 2022-yil may oyida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlangandi. Tayinlovga qadar u O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »