Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan Yashil iqlim fondining “Elektromobillik dasturi”ni moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, yetti mamlakatda, jumladan, O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan mazkur dasturni moliyalashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan mablag‘ 170 million dollarni (zayom mablag‘ining 65 million dollari grant va qolgan 105 million dollari qarz) tashkil etadi.

Ushbu dastur tijorat elektromobillarini ommalashtirishdagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan. Shuningdek, u elektrobuslar parkini va yordamchi infratuzilmani joylashtirish, jamoat transporti tizimini yaxshilash hamda uning barqarorligini taʼminlash, shuningdek, elektromobillarni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutuvchi 4 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.

Sentyabr oxirlarida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonning 2023 va 2024-yil uchun iqtisodiy o‘sishi prognozini yaxshilagandi. Undan oldinroq esa OTB O‘zbekiston energiya taqsimlash tizimini raqamlashtirishga 200 mln dollar qarz ajratishi ma’lum bo‘lgan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »