Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda joriy yilda toshqin suvlari, sel va suv oqimlarini xavfsiz o‘tkazish tadbirlariga 115 mlrd so‘m yo‘naltirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Furqat Abdiqodirov ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston o‘z geografik va geologik xususiyatlariga ko‘ra, tabiiy ofat va xavf-xatarlarga moyil hudud hisoblanadi. Shunga ko‘ra, doimiy ravishda Favquloda vaziyatlar, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Suv xo‘jaligi vazirliklari va boshqa mas’ul idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan sel, toshqin va ko‘chki xavfi mavjud hududlar o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 1027 ta xo‘jalik  5127 nafar fuqaro vaqtinchalik xavfsiz hududlarga ko‘chirilib, 137 ta xo‘jalik 674 nafar fuqarolar muhandislik-muhofaza tadbirlari to‘liq amalga oshirilgani munosabati bilan sel va toshqin suvlaridan muhofaza qilindi.

Global muammo bo‘lgan Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish hamda mavjud ahvolni yaxshilash uchun O‘zbekiston o‘z imkoniyatlari darajasida Orol dengizining qurigan tubida 1,7 million gektar maydonda qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklardan iborat yashil hududlar barpo etish orqali yangi o‘simlik maydonlari va daraxtzorlar yaratish, tuproq qatlamini shakllantirish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »