Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida avtomobil boshqarayotganini telefoniga tasvirga olib ketayotgan haydovchi yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. 

Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Equinox rusumli avtomashina haydovchisi Shayxontohur tumanidagi Ko‘kcha darvoza ko‘chasida katta tezlikda boshqa avtomobilga borib urilgani aks etgan video tarqaldi.

Videoda haydovchi bir qo‘li bilan rulni ushlab, boshqa qo‘lida telefon kamerasi orqali video olib ketayotganini ko‘rish mumkin. O‘sha paytda svetoforning qizil chirog‘iga yaqinlashib, to‘xtashga ulgurmay, mashina yo‘q birinchi qatordan uchinchi qatorga o‘tib, Nexia-3 bilan to‘qnashdi.

“Gazeta.uz”ning Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, YTH 16-iyul kuni taxminan soat 16:15 da Ko‘kcha darvoza va Saqichmon ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Equinox avtomashinasini 18 yoshli M.R boshqargan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia-3 haydovchisi va yo‘lovchisi (1990 va 1986-yillar) tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (Transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi, xuddi shuningdek boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi) va 133-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi) bilan maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar—avgust oylari davomida 1415 nafar fuqaro yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. O‘tgan sakkiz oyida mamlakatda 9 milliondan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi qayd etilgan. Bularning 8 millionga yaqin qo‘pol qoidabuzarliklar, 26 mingga yaqin transport vositasini mast holda boshqarish, 161 mingdan ortiq piyodalar qoidabuzarligi bilan bog‘liq. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »