Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Kongressining Strategik rejalashtirish komissiyasi 145 sahifalik hisobot tayyorladi, unda Amerika hukumatiga Xitoy va Rossiya bilan bir vaqtda urush qilishga tayyorgarlik ko‘rish tavsiya etiladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Foto: AP Photo

Hisobotni tayyorlashda ishtirok etgan yuqori martabali manba AQSH razvedkasi Xitoy va Rossiyaning yadro quroli bo‘yicha hamkorligiga dalil topgan-topmagani haqida gapirishdan bosh tortdi. Suhbatdoshning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar ikkita urushni istisno qilmaydi, chunki bu ikki davlat o‘rtasida “maksimal muvofiqlashtirish” bor bo‘lishi mumkin.

Demokratlar partiyasi raisi Madelin Kridon hisobot bo‘yicha brifingda ma’lum qilishicha, prezident va Kongress “Amerika xalqiga mudofaa xarajatlarini oshirish AQSH, Xitoy va Rossiya ishtirokida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yadro urushining oldini olish uchun uncha katta bo‘lmagan to‘lov ekani haqidagi xabarni yetkazishi” kerak.

“Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari bir vaqtning o‘zida ikkala dushmanni ham tiyib turishga va ularni mag‘lub etishga tayyor bo‘lishi kerak. AQSH boshchiligidagi xalqaro tartib va ​​u targ‘ib qilayotgan qadriyatlar Xitoy va Rossiya avtoritar rejimlarining tahdidi ostida qolgan”, — deyiladi hisobotda.

Kongress komissiyasi AQSHga odatiy qurollarni yaratish, harbiy ittifoqlarni mustahkamlash va yadroviy qurollarni modernizatsiya qilish dasturlarini kengaytirishni taklif qildi. Hisobotda aytilishicha, Amerika davlati moliyaviy holatiga qaramay “bunday sarmoyalarni amalga oshirishi kerak”.

Komissiya Xitoy va Rossiya tahdidlari 2027—2035-yillarda kuchayishiga ishonmoqda, shu sababdan “mamlakatni tayyorlash uchun hozirdanoq qarorlar qabul qilinishi kerak”.

AQSH Kongressi komissiya 2022-yilda tuzilgan bo‘lib, u Demokratik va Respublikachilar partiyalaridan olti nafar vakildan iborat. Komissiyaning maqsadi AQSHga uzoq istiqboldagi tahdidlarni baholash va mamlakatning oddiy va yadroviy kuchlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat.

Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar Xitoy rasmiylari o‘z hududi deb hisoblaydigan Tayvandagi vaziyat fonida yomonlashdi. Rossiyaning Ukrainaga bosqini ortidan esa AQSH — Rossiya munosabatlari eng past darajaga tushdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »