Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Mirobod tumani hokimligi yosh bolasiga qo‘pol munosabatda bo‘lgan ayol videosiga munosabat bildirdi.

Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum ayol taxminan ikki yoshli farzandini kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldi. Ushbu holat Mirobod tumani hokimligi vasiylik va homiylik organi mutasaddi xodimlari va tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

Aniqlanishicha, farzandiga qo‘pol munosabatda bo‘lgan fuqaro asli Qashqadaryo viloyatidan bo‘lib, vaqtincha Mirzo Ulug‘bek tumanida ro‘yxatdan o‘tgan.

Ayol 13-oktyabr kuni Mirobod tumani “Sharof Rashidov” mahallasi hududida joylashgan “Alik” nomli suratxonaga rasmga tushish maqsadida kelgan. Ayol bilan suhbat natijasida maʼlum bo‘lishicha, yaqinlaridan noxush xabar eshitib, asabiy holatda bo‘lgan vaqtida farzandining xarxashasiga javoban qo‘pol harakat sodir etgan.

Ayol ushbu qilmishidan pushaymonligini, bunday holat avvallari bo‘lmaganini va holat boshqa takrorlanmasligini maʼlum qilgan. Hozirda holat yuzasidan Mirobod tumani IIB FMB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mart oxirlarida Toshkent shahar Yangihayot tumanida sportchi erkak o‘z xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq mazkur holat bo‘yicha yangi tafsilotlar ochiqlangan. Shuningdek, Qashqadaryoda 14 yoshli qizini ayovsiz kaltaklagan otaga hukm o‘qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »