Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari sentyabr oyida 1 milliard 650 million dollarga kamayib, 2023-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, 31 milliard 39,3 million dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Zaxiralar ketma-ket oltinchi oy kamaymoqda — mayda rasmiy zaxira aktivlari 837,9 million dollarga, iyunda — 649 million dollar, iyulda —71,8 million dollar, avgustda esa 958 million dollarga kamaygandi. Yil boshidan buyon mamlakatning “moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi” 4,73 milliard dollarga kamaydi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatdagi oltin zaxirasi 335 million dollarga kamayib, 23 milliard 95 million dollarni tashkil etmoqda. Qimmatbaho metallning hajmi ham 0,2 million troy unsiyaga (6,22 tonna) ko‘payib, 12,3 million troy unsiyasini (taxminan 382,57 tonna) tashkil etdi.

O‘zbekiston o‘tgan yanvar–aprel oylarida 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qilgan. Aprel oyida O‘zbekiston oltin eksportini 650 million dollargacha qisqartirdi. Xorijga qimmatbaho metall yetkazib berishning umumiy hajmi 3,06 milliard dollarni tashkil etdi. 

Oltin zaxiralari nima uchun kerak?

Oddiy til bilan aytganda, bu sug‘urta, davlatning “xavfsizlik yostig‘i”. Zaxiralar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida favqulodda vaziyatlar uchun mavjud.

Zaxiralar odatda yuqori likvidli, ya’ni tez sotiladigan aktivlarda saqlanadi. Oltin va xorijiy valyuta ushbu talablarga javob beradi — ulardan istalgan vaqtda qarz to‘lash yoki investitsiyalar uchun foydalanish mumkin.

2017-yilgacha O‘zbekiston zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamoatchilikka e’lon qilinmas edi. O‘sha yilning noyabr oyida zaxiralar 26 milliardni tashkil etishi ma’lum bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »