Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan uch nafar yollanma qotil ushlandi, deb xabar bermoqda “24.kg” Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib.

Videodan kadr

Qayd etilishicha, bu shaxslar Qirg‘izistonga kriminal avtoritet Qamchibek Asanbek (Qo‘lboyev) o‘limi uchun qasos olish maqsadida borgan. Qo‘lga olish chog‘ida ular bir qator fuqarolarning qotilligiga aloqadorligi uchun qidiruvda ekani ma’lum bo‘lgan.

Ushlanganlar O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda: Karimberdiyev Oybek Abbos o‘g‘li (1997-yilda tug‘ilgan), Rustamov Azamat Shuhratovich (1996) va Abdulkaffarov Islomxon Abdusamat o‘g‘li (1994).

Tergov-qidiruv tadbirlari davomida ular jinoiy dunyo vakillaridan Qamchibek Asanbek o‘limi uchun qasos olishga buyurtma olishganini ma’lum qildi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va “Alfa” maxsus xizmati bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar doirasida yuqoridagi jinoyatchilar 13-oktyabr kuni Bishkek shahrida qo‘lga olinib, O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirildi, — deyiladi xabarda.

4-oktyabr kuni Bishkekda o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida kriminal avtoritet Qamchibek Qo‘lboyev o‘ldirilgan edi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi qurolli qarshilik ko‘rsatgan uyushgan jinoiy guruh rahbari qo‘lga olish chog‘ida o‘ldirilgani haqida xabar berdi.

Shundan so‘ng Qirg‘izistonda “tozalash” boshlandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Qamchibek Qo‘lboyevning jinoiy faoliyatiga aloqador yoki unga homiylik qilgan o‘nlab odamlar qo‘lga olingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »