Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘izistonda 4-oktyabr kuni xalqaro jinoiy doiralarda “Kolya-qirg‘iz” nomi bilan tanilgan mahalliy kriminal avtoritet Qamchi Ko‘lboyev (Qamchibek Asanbek) hibsga olinishi chog‘ida o‘ldirildi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Qamchibek Asanbek Blonder Pub restoranida ekani aniqlanib, maxsus bo‘linmalarning bir guruh askarlari uni qo‘lga olish uchun borgan. Jinoyatchi Xavfsizlik xizmati xodimlarining taslim bo‘lish haqidagi talablariga bo‘ysunmay, o‘qotar quroldan foydalangan holda qurolli qarshilik ko‘rsatgan.

“Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi maxsus bo‘linmasi xodimlari bunga javoban o‘t ochdi”, — deyiladi xabarda.

Keyinroq shifokorlar Asanbekning o‘limini tasdiqlashdi. MXDQ xodimlari va tinch aholi vakillari orasida qurbonlar yo‘q.

Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida uyushgan jinoiy guruhlarning faol aʼzolari va ularning rahbarlariga nisbatan tadbirkorlarning mol-mulkini o‘ta yirik miqdorda noqonuniy olib qo‘yish holatlari bo‘yicha bir qator jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »