Toshkentda erkak gaz ballon portlatishini aytib, MIBga qarshilik ko‘rsatdi (video)
Toshkent shahar Yashnobod tumanida qarzdor erkak gaz ballon portlatishini aytib, MIBga qarshilik ko‘rsatdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudi daʼvogar S.M.ning javobgar J.A. va uning oila aʼzolari bilan birgalikda Yashnobod tumani Yangiobod dahasi Munavvar ko‘chasi 19/1 xonadondan majburiy tartibda ko‘chirish haqidagi ijro hujjatiga asosan borilgan. Erkak keskin qarshilik ko‘rsatib, ijro ishiga xalaqit bergan. U shu orqali sud qarorini bajarishga to‘sqinlik qilgan.
Xodimlar bu nafaqat o‘zi uchun ziyon ekanini, balki qo‘shnilari hayotini ham xavf ostiga qo‘yish ekanini tushuntirgan. Biroq erkak xodimlarni tinglashni xohlamagan. Jurnalist ayolning ijro to‘xtatilgani haqidagi gapidan keyingina qo‘lidagi olov yoqqichni ayolga bergan.