Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Gruziya Konstitutsiyaviy sudi mamlakat prezidenti Salome Zurabishviliga nisbatan impichment jarayonini boshlash haqida qaror qabul qildi.

Foto: Gruziya prezidenti adminstratsiyasi
“Konstitutsiyaviy sud Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili tomonidan Konstitutsiya buzilganini aniqladi”, — deyiladi bayonotda.

Xususan, sud Gruziya prezidentining 2023-yil 31-avgust, 1-sentyabr va 6-sentyabr kunlari xorijga amaliy tashriflari chog‘ida Gruziya hukumati roziligisiz xalqaro munosabatlar sohasida vakillik funksiyalarini amalga oshirgani va shu orqali Gruziya Konstitutsiyasining 52-moddasini buzganini taʼkidladi.

Qarorni to‘qqiz nafar sudyadan olti nafari qo‘llab-quvvatladi.

Endi impichment jarayoni parlamentda ovozga qo‘yiladi. Ovoz berish ikki hafta ichida o‘tkazilishi kerak.

Konstitutsiyaviy sud qaroriga javoban Salome Zurabishvili iste’foga chiqish niyatida emasligini aytdi.

“Men hech qayerga ketmayman. O‘z joyimda qolaman, butun umrimni bag‘ishlagan va shuning uchun (Fransiyadan) kelgan o‘rnimda qolaman, mamlakatimizning Yevropaga xos kelajagi va demokratiya uchun kurashaman”, — dedi prezident.

Bundan oldin hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi yetakchisi Irakliy Koxabidze Konstitutsiyaviy sud qaroridan so‘ng Zurabishvilining o‘zi iste’foga chiqishi kerakligini aytgandi.

“Bugun Yevropa kelajagi va demokratiyasi bir o‘q bilan o‘ldirildi. Hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida muvozanat bo‘lmagan mamlakatni demokratik deb bo‘lmaydi”, — deb javob berdi Gruziya rahbari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »