Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo shahridagi Al-Ahli baptistlar kasalxonasiga 17-oktyabr oqshomida Isroil tomonidan berilgan aviazarba oqibatida yuzlab falastinliklar halok bo‘ldi yoki yaralandi. Kasalxonadagi cherkov Isroil hujumlari sabab uylarini tark etgan falastinliklarga boshpana bergandi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 200 dan 300 gacha odam halok bo‘lgan. Keyinroq 500 dan ortiq halok bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Al-Arabiya qurbonlar soni 800 kishidan oshganini yozdi. Yana yuzlab odamlar vayronalar ostida qolib ketgan, dedi vazirlik. Halok bo‘lganlar haqida aniq rasmiy ma’lumotlar yo‘q. Falastin rahbari Mahmud Abbos Al-Ahli kasalxonasiga uyushtirilgan hujum tufayli uch kunlik motam e’lon qildi.

OAV kasalxonadagi portlash oqibatlari aks etgan suratlarni e’lon qildi.

Foto: Reuters
Foto: DPA
Foto: AP Photo
Foto: Reuters
Foto: AP Photo
Foto: EPA
Foto: Reuters

Al-Ahli kasalxonasiga uyushtirilgan hujum Turkiya, Arab Ligasi davlatlari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Yevropa Ittifoqi vakili Sharl Mishel tomonidan qoralandi. Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklari G‘azodagi shifoxonaga uyushtirilgan hujum munosabati bilan 18-oktyabr kuni BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni so‘radi.

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters

Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi shifoxonaga zarba bermaganini da’vo qilmoqda. Isroil harbiylariga ko‘ra, “Islomiy jihod” guruhi tomonidan muvaffaqiyatsiz raketa uchirilishi Al-Ahli kasalxonasi yaqinida portlash keltirib chiqargan.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu shifoxonaga “falastinlik jangarilar” hujum qilganini aytdi.

“Butun dunyo bilishi kerak: G‘azo sektoridagi kasalxonaga Isroil emas, vahshiy terrorchilar hujum qilgan. Farzandlarimizni vahshiylarcha o‘ldirganlar o‘z farzandlarini ham o‘ldirgan”, — deb yozdi u Twitter’da.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »