Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatida Telegram messenjerida behayo rasmlarini kanallarda tarqatish bilan qo‘rqitgan “kuyov bola” ayol kishi bo‘lib chiqdi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik departamenti xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Andijon tumanida yashovchi 18 yoshli (ayol) A.R. ariza bilan murojaat qilib, “Abror” ismli nomaʼlum shaxs uning turli foto-suratlari va behayo tasvirlari bo‘lgan videolarini internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotganini maʼlum qilgan.  

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 20 yoshli O.A. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan O.A., A.R. bilan Telegram messenjeri orqali o‘zini “Abror” deb tanishtirib, A.R.ni yaxshi ko‘rib qolganini, kelgusida unga uylanish maqsadi borligini aytib, uni ishonchiga kirgan. Shu orqali u qizning turli fotosuratlari va behayo videotasvirlarini qo‘lga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan va tarqatmaslik evaziga 1 million so‘m pullarni A.R.dan olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qonunchilikka muvofiq, bunday jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish mumkin.

O‘zgalarning shaxsiy ma’lumotlarini tarqatish orqali pul undirish holatlari

  • Iyul oxirlarida Buxoro shahrida erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lib, uni turmush o‘rtog‘iga oshkor qilmaslik evaziga telefon talab qilgan qiz qo‘lga olingandi.
  • May oyida Toshkentda ayolning foto-videolarini eri va qaynotasiga ko‘rsatishini aytib, undan pul talab qilgan erkak ushlangani
  • Toshkent viloyatida 19 yoshli qizning suratlarini tarqatish bilan tahdid qilgan yigit qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »