Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHda namoyishchilar Vashingtondagi Kapitoliy xolmida Kongressining eng qadimiy ofisi — Kannon Housga bostirib kirishdi. Bu haqda Axios xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, bir guruh namoyishchilar Kongressning boshqa binolari kabi namoyish o‘tkazish taqiqlangan Kannon Housda miting uchun yig‘ilgan. Ular G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilgan. Miting ishtirokchilarini tarqatish uchun ofitserlar ularga ogohlantirish bergan. Bu talabga rioya qilinmaganidan keyin namoyishchilarni hibsga olish boshlangan.

Falastin tarafdorlarining Kannon Hous atrofida to‘planishi transport harakatini to‘sib qo‘ydi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, kamida uch namoyishchi ofitserlarga hujum qilganlikda gumonlanib hibsga olingan. OAV mitingda politsiya yuzlab namoyishchilarni hibsga olgani haqida yozdi.

Axios nashriga ko‘ra, AQSH Kongressi binosidagi mitingni Isroilga qarshi “Agar hozir bo‘lmasa” va “Tinchlik uchun yahudiylar ovozi” guruhlari uyushtirgan.

Mavzuga doir
Izoh

Ilhom Davlatov

02.11.2023, 12:27

videolarni qandey korse boʻladi? shu yerning oʻzida ochadigan qililar iltimos

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »