Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyadagi mehmonxonada ishlayotgan o‘zbekistonlik fuqaro olti oydan buyon yomon sharoitda yashayotganidan shikoyat qilib, video e’lon qildi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mazkur xabar yuzasidan ma’lumot berdi

Qayd etilishicha, Antalya shahridagi Port Nature otelida ishlayotgan fuqaro A.H. ish sharoitlaridan shikoyat qilib, O‘zbekistonga qaytish uchun muddatidan oldin aviachipta va maoshlarini olib berishni so‘rab qilgan murojaati Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Turkiyadagi vakili tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, otel rahbariyati A.H. xulq-atvoridan norozi ekani, biroq vakolatxona iltimosini inobatga olib, imkon qadar yaqin muddatda uni O‘zbekistonga jo‘natishini bildirgan. Otel faoliyati joriy yil 15-20-noyabrga qadar davom etadi, xodimlarga aviachipta xarid qilish 10-noyabrdan, ya’ni ish mavsumi tugagach boshlanadi.

Shu bilan birga, avvalroq A.H.ga yashash joyidagi kamchiliklardan noroziligi sabab sharoiti yaxshiroq boshqa xonaga o‘tish taklif qilingan, ammo u o‘z xonasida qolgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aks etgan holat, ya’ni yuvinish joyidagi tartibsizlikka uning tozalikka rioya qilmasligi, santexnika jihozlarini avaylamasligi sabab bo‘lgan.

Bundan avval ushbu fuqaro 2022-yilda agentlik orqali Izmir shahridagi otelga ishga borib, otel tartibi, sharoiti, otel rahbariyati va atrofidagilarga munosabati hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali salbiy ma’lumotlar tarqatishi oqibatida ishdan bo‘shatilgan. Vakolatxona iltimosiga ko‘ra, O‘zbekistonga qaytishi uchun unga otel tomonidan aviachipta sotib olingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »