Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlamenti) deputati Meykinbek Abdaliyevning fikricha, chorva o‘g‘irligi og‘ir jinoyat, kelin o‘g‘irlash esa qirg‘iz milliy odatidir. U 19-oktyabr kuni parlament yig‘ilishida qoramol o‘g‘irligi uchun jazoni 10 yilgacha qamoq bilan kuchaytiruvchi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish muhokamasi chog‘ida shunday pozitsiya bildirdi.

“24.kg” nashrining xabar berishicha, boshqa bir deputat Dastan Bekeshev chorva o‘g‘rilarini uzoq muddatga qamashga qarshi chiqqan.

“Agar odam o‘g‘irlangan bo‘lsa, 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Chorvachilik uchun esa 12 yilgacha qamoq jazosini taklif qilishyapti. Bu noto‘g‘ri. Inson hayoti qimmatroq. Turmush qurish maqsadida qiz o‘g‘irlaganlarga yetti yil, chorva mollarini o‘g‘irlaganga sakkiz yil qamoq jazosi beriladi. Menimcha, bu keraksiz sanksiyalar. O‘ta shafqatsiz tarzda odam o‘ldirish uchun ham xuddi shunday jazo nazarda tutilgan”, — dedi Bekeshev.

Muhokama qilinayotgan loyiha tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan Abdaliyev bunga javoban shunday dedi:

“Siz qiz o‘g‘irlash haqida aytdingiz. Xafa bo‘lmangu, bu an’ana bo‘lganini bilsangiz kerak. Qoramol o‘g‘irlanadi, ayollar esa olib qochiladi, lekin sotilmaydi. Ularga uylanishadi”.

O‘z navbatida Bekeshev, agar qiz o‘z xohishiga qarshi o‘g‘irlangan bo‘lsa, bu an’ana emas, jinoiy harakat, deya e’tiroz bildirdi.

Qirg‘izistonda qiz o‘g‘irlash an’anasi haqida

Qirg‘izistonda mustaqillik yillarida qiz o‘g‘irlash ommalashdi. Uning o‘z nomi bor — ala kachuu yoki “ol va qoch”. Yigit va uning do‘stlari ko‘chada qizni ushlab, mashinaga majburan mindirib, uyiga olib ketishadi. Ko‘pincha o‘g‘irlangan qiz “kuyovni” tanimaydi ham. Uyda yigitning “o‘lja” bilan qaytishini kutib o‘tirgan qarindoshlar qizni nikohga rozi bo‘lishga ko‘ndira boshlaydi. Jabrlanuvchilar ko‘pincha rozilik berishadi, chunki yigitning uyida bo‘lganidan keyin ota-onalari yoniga qaytish sharmandalik hisoblanadi.

Aksariyat qirg‘izistonliklar qiz o‘g‘irlashni jinoyat deb hisoblamaydi, ular uchun bu milliy marosimdir. Ayni paytda tarixchilarning ta’kidlashicha, qadimgi qirg‘izlarda “ala-kachuu” faqat qizning sevgilisi uning ota-onasi rozi bo‘lmaganida, ixtiyoriy ravishda olib qochishini bildirgan.
Majburiy o‘g‘irlash zo‘rlash bilan bir xil so‘z — “zorduk” deb nomlangan.

Qirg‘izistonda har yili yuzlab qizlar o‘g‘irlanadi. Ba’zi holatlar fojiali yakunlanadi.

  • Eng shov-shuvli voqealardan biri 2018-yilning may oyida o‘g‘irlab ketilgan 19 yoshli Burulay Turdaliyevaning hikoyasi bo‘lgan. Mahalliy yigitlar qizni majburan mashinaga o‘tqazib, uyiga olib ketmoqchi bo‘lgan, lekin yo‘lda politsiya xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Qo‘lga olinganlar politsiya bo‘limiga olib kelinganidan so‘ng, yigit Burulayni pichoq bilan o‘ldirgan va o‘z joniga ham qasd qilishga uringan. U tirik qoldi, odam o‘g‘irlash va qotillik uchun 20 yilga qamaldi.
  • 2021-yil aprel oyida 26 yoshli Aizada Kanatbekova o‘g‘irlab ketilgan. Ikki kundan keyin qiz va uni o‘g‘irlaganlikda gumon qilingan o‘lik holda topildi. Xavfsizlik kuchlariga ko‘ra, ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan va erkak qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan, keyin esa o‘zini pichoqlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »