Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand shahridagi 11 ta ko‘p qavatli uy qariyb 10 milliard so‘mlik tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganib kelgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Energetika vazirligi

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tegishli organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Samarqand shahridagi 136-144-sonli ko‘p qavatli uylar (9 ta) tabiiy gaz tarmog‘iga “Billing” dasturidan ro‘yxatdan o‘tmagan holda ulanib olib, undan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.

Ushbu ko‘p qavatli uylar “A.B.” MCHJ tomonidan qurilgan bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tizimga qariyb 9 milliard 535 million so‘m (25 million 90 ming 836 metr kub) zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.

Bundan tashqari, mazkur hududdagi 142-143-sonli ko‘p qavatli uylar elektr energiyasidan foydalanish uchun shartnoma tuzmasdan, “PK-uchyot” bazasida ro‘yxatdan o‘tmagan holda noqonuniy foydalanib, tizimga 64 million 800 ming so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Avvalroq Jizzax shahridagi MCHJ 3 mlrd 840 mln so‘m yoki 19 200 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Shuningdek, Toshkentda salkam 530 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani, O‘zbekistonda bir oyda elektr va gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida tizimga qancha zarar yetgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »