Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlamenti) deputati Mirlan Samiykojo respublika bayrog‘ini o‘zgartirish tashabbusiga qarshi chiqdi. U qonun chiqaruvchi organ yig‘ilishida o‘z pozitsiyasini bildirdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: “TASS”

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘iziston jamoatchiligi respublika bayrog‘ining o‘zgarishiga qarshi. 

Boshqa ish bilan shug‘ullanaylik. Kelinglar, bayroqqa tegmaylik. 30 yildan beri yashab kelayotgan davlat ramzida quyosh nurlari bor. Olov, alanga alomatlari. Agar kungaboqar deb qaralayotgan quyoshni nurlarini to‘g‘ri qilib o‘zgartirsak, u dulavratotuga (o‘simlik turi) aylanadi. Bo‘yingacha muhimroq ishlar turganida bayroq bilan shug‘ullansak, xalq bizni kechirmaydi”, — dedi deputat.

Mirlan Samiykojo davlat ramzi qachon qabul qilingani va bu nimani anglatishini minbardan turib aytishga tayyorligini bildirdi. Bunga javoban spiker Nurlanbek Shakiyev yaqinda bayroq mualliflari bilan uchrashganini esladi.

“Hatto ular ham hozirda davlat ramzini tanimayotganliklarini aytmoqda. U hozirgidek emas. Siz qirg‘izcha elementlarni yaxshi bilasiz. Hammasi boshqacha ko‘rinishda. Biz uni asl ko‘rinishga qaytarmoqchimiz. Hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi”, — dedi Shakiyev.

Biroq deputat Samiykojoni mazkur javob qanoatlantirmadi.

“Kim quyosh nurlari kungaboqarga o‘xshaydi desa, o‘zi ham kungaboqar. Boshqalar aytganini qiladiganlar ham shunday”, — dedi u.

Avvalroq Qirg‘izistonda bayroqdagi quyosh nurlarining shaklini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Jogorku Kenesh muhokamasiga qo‘yilgandi. Tashabbuskorlar spiker Nurlanbek Shakiyev va deputat Ulan Primov bo‘lgan. Ular quyosh nurlari to‘lqinsimon bo‘lganidan kungaboqar guliga o‘xshab qolganini aytgan.

Qirg‘iziston bayrog‘ining yangi ko‘rinishi uchun taklif qilingan variant
Foto:  Jogorku Kenesh

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »