Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov respublika davlat bayrog‘iga o‘zgartirish kiritish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda u “Kabar” milliy agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: platon.asia

Japarov jamiyatda bayroq kungaboqarga o‘xshashi va buning fonda mamlakat ko‘tarila olmasligi haqida fikrlar bo‘lganini esladi.

“Hatto bizga tashrif buyurgan xorijliklar, ehtimol, mamlakatimizda kungaboqar ko‘p o‘sishini aytgan holatlar bo‘lgan. Ochiq gapirsam, mustaqillikka erishganimizdan beri biz tashqi dunyoga qattiq qarammiz. Shu sababli bayrog‘imiz ko‘rinishini qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgandir. Bu amaliyot dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mavjud bo‘lib, bayroq elementlariga ma’lum o‘zgartirishlar kiritilgan”, — dedi Qirg‘iziston prezidenti.

Sadir Japarov deputatlarning tashabbusiga to‘xtalib, ular bayroq konsepsiyasiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilmayotganini ta’kidladi.

“Ular faqat quyosh nurlarini kungaboqar bilan taqqoslamaslik uchun o‘zgartirishni taklif qildi. Rostini aytaman, ular taklif qilgan variant menga ham yoqmagandi. Bir kamchilik bordek tuyuldi. Quyosh nurlari tikanlarga o‘xshardi. Bir kun oldin, mutaxassislar bilan maslahatlashgach, ular bu masalani tuzatdi. Tuzatilgan versiya haqiqatan ham quyosh nurlariga o‘xshaydi”, — deydi siyosatchi.

Japarov tegishli variant qabul qilinsa, mamlakat bundan buyon qaram bo‘lib qolmasligini aytdi.

“Bundan buyon go‘yo quyosh porlab, bizga tabassum qilayotgandek bo‘ladi. Men har qanday e’tiqod va xurofotlardan uzoqman. Lekin baribir biz bundan buyon rivojlangan va mustaqil davlat bo‘lamiz, deb umid qilaman”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »