Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Koreys, yapon, xitoy millatiga mansub aktyorlar o‘ziga xos tirishqoqlik bilan yulduzli Olimpning eng yuqori cho‘qqilarini egallaydi. Gollivud kinematografiyasida mashhurlikka erishgan osiyolik yulduzlar talaygina. Marhamat, ular bilan tanishing.

Jeki Chan − Xitoy

Foto: Cosmopolitan
 

Chan Kong Sang Gonkong maktabida jang san’ati, aktyorlik va akrobatika bo‘yicha ta’lim olgan. U ilk bora 8 yoshida filmga taklif qilingan. O‘qishni tamomlagandan so‘ng Jeki Chan taxallusi bilan kinolarda kaskadyor bo‘lib ishlagan, keyinchalik aktyor o‘zining kaskadyorlik guruhini ham tashkil qilgan. O‘tgan asrning 70-yillarida esa bosh qahramon sifatida rol ijro eta boshladi. Shuningdek, rejissorlar uning barcha tryuklarni o‘zi amalga oshirishi borasidagi istagidan hayratda qoldi va bu aktyorga bo‘lgan talabni kuchaytirdi. Bundan tashqari, filmni suratga olishda muvaffaqiyatsiz kechgan kadrlarni filmning oxiriga qo‘shish g‘oyasini ham aktyor taklif qildi va bu kutilganidan ham ko‘ra ko‘proq tomoshabin yig‘ishga sazovor bo‘ldi.

2000-yilda Chan bolalar uchun “Jeki Channing sarguzashtlari” multfilmini yaratdi va 5 mavsum davomida yosh muxlislarning savollariga javob berdi. Osiyoda Chan nafaqat o‘zining kino yutuqlari, balki musiqiy ijodi bilan ham tanilgan. Uning 20 ta musiqiy albomi mavjud.

Jon Cho – Janubiy Koreya

Foto: Cosmopolitan
 

Jon Cho Seulda tug‘ilgan, ammo hali vatan tushunchasini anglab yetmasidanoq, 6 yoshida oilasi bilan Los-Anjelesga ko‘chib ketgan. Oradan ko‘p o‘tmay u yulduzlik karyerasini orzu qila boshlagan. Ingliz tili va adabiyoti fakultetining talabasi sifatida Jon universitet spektakllarida ishtirok etgan va keyinchalik “Osiyo Amerika” teatr truppasiga qo‘shilgan.

Cho o‘zining ilk debyutini 1999-yilda “Amerikancha pirog” komediyasida ijro etdi. 2009-yilda Cho yana bir yirik loyiha – “Yulduzli yo‘l”ning a’zosi bo‘ldi. Aktyorning bir nechta filmlarda ishtirok etishi uning mashhurligini orttirdi. U bo‘sh vaqtlarida Viva La Union guruhida qo‘shiq kuylaydi.

Ken Jong – AQSh

Foto: Cosmopolitan
 

Ken Jong Shimoliy Karolinada koreys muhojirlari oilasida tug‘ilgan. U yoshligida aktyor bo‘lish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. Shimoliy Karolina universitetida tibbiyot darajasini olib, amaliyotga boradi. O‘qish davomida Ken o‘zining komik iste’dodini namoyon qildi. Uning aktyorlik faoliyati 2000-yillarda boshlandi. Faoliyati sababli Kaliforniyaga ko‘chib o‘tgan aktyor tez orada mashhurlikka erishdi.

Ken Vatanabe – Yaponiya

Foto: Cosmopolitan
 

Ken Tokiodagi Britaniya teatr maktabida o‘qigan va talabalik chog‘ida aktyorlik faoliyatini boshlagan. Rejissorlar aktyorning g‘ayrioddiy ko‘rinishi va samurayga aylanish qobiliyatini alohida ta’kidlaydi. “So‘nggi samuray” filmi rejissori Edvard Svik aktyor haqida hazillashib, hatto Vatanabening qo‘lidagi oshxona pichog‘i ham jangchining xanjariga aylanadi, deydi.

Suratga olish maydonidagi hamkasblari Vatanabeni nafaqat uning iste’dodi, balki kamtarin xarakteri va yulduzlik kasaliga yo‘liqmaganligi uchun qadrlaydi.

Jet Li – Xitoy

Foto: Cosmopolitan
 

Li Lyansize maktabda jismoniy tarbiya sohasida muvaffaqiyat qozongan va hatto o‘qituvchilarga ham sport mashg‘ulotlarini o‘tkazishda yordam bergan. Birinchi sinfni tamomlaganida uning ota-onasi oromgohga jo‘natgan. Aynan o‘sha yerda u ushu asoslarini o‘rganib qaytadi. Uyga qaytganidan so‘ng jang san’ati bilan professional tarzda shug‘ullanishga qaror qilgan va 9 yoshidayoq Jet Xitoyda ushu bo‘yicha milliy chempionatda g‘olib chiqadi. Oradan ikki yil o‘tib u Amerikadagi turnirga yo‘l oladi.

1998-yil aktyor Amerikaga sportchi sifatida emas, aktyor bo‘lib boradi. Shuningdek, aktyor o‘z karyerasini boshlagandan so‘ng Jet Li taxallusini olgan.

 Chou Yunfat, Gonkong

Foto: Cosmopolitan
 

Aktyor “Yollanma qotil”, “Anna va qirol”, “Yorqin kelajak” hamda “Karib dengizi qaroqchilari: Dunyolar chegarasida” filmlaridagi obrazlari bilan mashhur.

Chou Yunfatning bolaligi yo‘qchilikda o‘tgan. Uning ota-onasi fermerchilik bilan shug‘ullanib, zo‘rg‘a ro‘zg‘or tebratardi. Yunfat qo‘lidan ish kelib qolganida maktabdagi o‘qishni tashlab, ota-onasiga yordam bera boshladi.
 U pochtachi, kuryer va haydovchi bo‘lib ishlab, pul topardi. Keyinroq u yaxshiroq pul toppish maqsadida Tv-shoulardan biriga kastingga borgan. Ko‘rsatuv syomkasi yosh yigitga shunchalik yoqib qoladiki, u teatr maktabiga kirib, unda o‘qishga qaror qiladi hamda qiziqarli loyihalarni izlay boshlaydi.  

Chou “Shanxay sohili” serialidagi ijrosidan so‘ng o‘z vatanida mashhurlikka erishgan. Ushbu loyiha Osiyodagi eng yirik criminal shoulardan biriga aylandi. Televideniyedan so‘ng aktyor katta kinoga qadam qo‘yadi. 1986-yilda u “Yorqin kelajak” jangari filmida mafiya boshlig‘i roliga tasdiqlangan. Ushbu roli uchun u Gonkong kino san’ati akademiyasining mukofotini qo‘lga kiritgan.

Chouning ta’rifi Gollivudgacha yetib, u aktrisa Jodi Foster bilan birgalikda “Anna va qirol” filmida suratga tushadi.

Shu tariqa Yunfatning karyerasi ikki yo‘nalishda rivojlana boshladi. U hozirda osiyolik rejissorlar va amerikalik ijodkorlarning loyihalarida suratga tushib kelmoqda.

Li Byonxon, Janubiy Koreya

Foto: Cosmopolitan
 

“Ilon hamlasi”, “Terminator: Genezis” hamda “Yong‘ondan yomonroq” kabi filmlari bilan mashhurlikka erishgan aktyor har doim ssenariylarni diqqat bilan o‘qiydi. U o‘ziga taklif etilayotgan loyihalarni sinchkovlik bilan o‘rganadi. Shuning uchun uning bironta loyihasi tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolmaydi.

Byonxon ishtirokidagi “Shirin-achchiq hayot” filmi Yaponiya va Yevropa tanqidchilariga manzur bo‘lgan. “Yaxshi, yomon va aqldan ozgan” filmi esa Kann kinofestivalida namoyish etilgan. “Ayris” criminal dramasidagi ishtiroki esa aktyorga KBS Drama Awards taqdimot marosimida “Eng yaxshi aktyor” e’tirofini olib keldi.

Byonxon aktyorlik mahoratidan tashqari fransuz, ingliz tillarini mukammal biladi. U 2005-yilda Amerikaning Creative Artists Agency agentligi bilan shartnoma imzolagan. Ushbu agentlik aktyorga “Ilon hamlasi” filmida rol ijro etishiga yordam bergan.

Kinodagi rollaridan tashqari Li musiqiy albomlar yozadi hamda BH Entertainment kinokompaniyasiga rahbarlik qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »