Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yulduzlar bilan hamkorlikda ishlash ko‘pchilikning orzusi. Biroq hashamatli hayot va katta daromad topishni taklif qiluvchi yulduzlar bilan ishlashning murakkab tomonlari ham bor. Misol uchun, yaqindagina xonanda Madonna o‘z xodimlarini intizomsizlik uchun qanday jazolashi maʼlum bo‘ldi.

Bir necha yillardan buyon Madonna bilan ishlab kelayotgan va uning yaqin dugonasiga aylangan teleboshlovchi Kerri Enn Inaba xonanda raqqoslarni intizomsizlik uchun qanday jazolashi haqida gapirib berdi.

Foto: Getty Images

“Madonna avvallari juda qattiqqo‘l bo‘lgan. Uning bitta qoidasi bor edi, ushbu qoida uchun Madonnadan har doim minnatdorman. Qoidaga ko‘ra, kech qolgan har bir daqiqangiz uchun oylik maoshdan 100 AQSH dollaridan ushlab qolinardi”, – deydi Kerri.

O‘ta qatʼiy, shu bilan birga adolatli jazo. Inabaning aytishicha, Madonna bilan birga ishlaydigan raqqoslar buning nima ekanligini juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham konsertlarga tayyorgarlik jarayonlarida raqqoslar jamoasi bilan intizomga oid hech qanday muammo yuzaga kelmaydi.

Foto: Wonderwall

Kerri shuningdek, bundan bir necha yil ilgari Madonnaning raqqoslar guruhi tarkibiga kirish ko‘pchilikning orzusi va deyarli imkonsiz ish bo‘lganini taʼkidladi.

“U vaqtlarda Maykl Jekson, Prins va Madonna mashhurlik cho‘qqisida edi. O‘sha vaqtlarda Madonna bilan gastrol safariga chiqqanman va “Menga kerak bo‘lgan narsa mana shu edi” deb o‘ylaganman”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »