Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik biznesmen Ilon Mask o‘tgan yili sotib olgan X ijtimoiy tarmog‘ini (sobiq Twitter) tanishuvlar sayti va raqamli bankka aylantirmoqchi. Bu haqda Business Insider portali X kompaniyasining yaqinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishiga tayanib xabar berdi.

Foto: X

Nashr aniqlik kiritishicha, 26-oktyabr kuni X’da Mask va kompaniya bosh direktori Linda Yakkarino ishtirokida videokonferensiya orqali uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unda tadbirkor “X 2024-yilda to‘laqonli tanishuv saytiga, shuningdek, raqamli bankka aylanadi”, deb aytgan.

Tadbirkor o‘z rejasining tafsilotlarini oshkor qilmagan, biroq tanishuv funksiyasini yaratish talabga bog‘liq bo‘lishini ta’kidlagan. Nashrning qayd etishicha, bu tashabbus Maskning ko‘proq pullik funksiyalarni joriy etish rejalariga mos keladi, chunki tanishuv ilovalari odatda pullik obunani o‘z ichiga oladi.

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, Maskda XWire nomli yangiliklar xizmatini yaratish g‘oyalari ham bor, u Cision kompaniyasining PR Newswire servisi bilan raqobatlasha oladigan bo‘lishi kerak.

Mask 2022-yil 27-oktyabrda Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olgandi. 24-iyulda Twitter’ning nomi X deb o‘zgartirildi. Innovatsiyalar platforma logotipiga ham ta’sir qildi: endi u ko‘k qush o‘rniga X harfini aks ettiradi, domen esa x.com.ga o‘zgartirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »