Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada og‘ir sharoitda yashab, uch nafar qizi bilan mehnat qilib kelgan sirdaryolik oila O‘zbekistonga qaytarildi. Va ularga yangi uy sovg‘a qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ona va uning qizlari prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev boshchiligidagi delegatsiya yordami bilan Vatanga qaytgan. 

Foto: Videodan kadr
Viloyatning Yangiyer shahridagi “Abdurahmon Jomiy” mahallasida istiqomat qiluvchi Dilafro‘z Usmonova Rossiya Federatsiyasida farzandlari — 14 yoshli qizi Marjona, 13 yoshli Durdona va 11 yoshli Zumradlar bilan og‘ir sharoitda mehnat qilib kelgani prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev boshchiligidagi delegatsiya e’tiborni tortgan va ular yordamida vatanga qaytarildi, — deydi hokimlik axborot xizmati rahbari Zafar Mirrahimov.

Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu oilaga Yangiyer shahar hokimligi homiyligida “Yangi O‘zbekiston” massividan yangi xonadon sovg‘a qilingan. 

Ishchi guruhning Rossiyaga borgani yaxshi bo‘ldi. Menga qiyin vaziyatga tushib qolganingizni aytib berishdi. Hammasi ortda qoldi. Birinchi maqsad qizlarni yaxshi o‘qitishimiz kerak, — deydi ushbu xonadon vakillari bilan suhbatlashgan viloyat rahbari Akmaljon Mahmudaliyev. 

Ushbu oila bilan ko‘rishgan viloyat hokimi ularga sovg‘a qilingan uy kalitini rasman topshirgan.

Mavzuga doir
Izoh

Alisher Samadov

01.11.2023, 02:07

Men esa uch yildan beri uy olaman deb chopaman afsus qani menga ham shunday uy olish nasib qilsa

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »