Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar IIBB JXX YHXB boshlig‘i Rafiqjon Jalilov poytaxt aholisiga murojaat bilan chiqib, yo‘l harakati ishtirokchilarini qoidalarga qat’iy rioya etish va hushyorlikka chaqirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda piyodalar harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga qaramasdan, yo‘llarda hanuzgacha og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalari sodir etilmoqda.

Xususan, 2023-yilning 9 oyi davomida poytaxtda piyodalar bilan bog‘liq 539 ta YTH sodir etilgan bo‘lib, unda 566 nafar piyoda tan jarohati olgan. Ularning aksariyati piyodalar belgilanmagan joylardan va svetoforning taqiqlangan chirog‘ida o‘tish paytida sodir etilgan.

“Shuning uchun hurmatli piyodalar, sizlarni alohida ajratilgan yo‘laklardan, trotuarlardan, ular bo‘lmaganda esa yo‘lning bir chetidan, oqimga qarama-qarshi harakatlanishga chaqiramiz. Yo‘lni kesib o‘tayotganda e’tiboringizni chalg‘itmang”, —  deydi YHXB boshlig‘i.

Rafiqjon Jalilovning bildirishicha, 17-oktyabrdan boshlangan “Diqqat piyoda” keng qamrovli profilaktika tadbiriga 100 dan ortiq xodimlar va jamoatchilik vakillari jalb etildi.

Tadbir boshidan yo‘l harakati qoidalarini buzgan 5 mingdan ortiq piyoda aniqlanib, ma’muriy javobgarlikka tortildi. Haydovchilar tomonidan piyodalarga yo‘l bermaslik oqibatida 100 ga yaqin holatlar aniqlanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shu sababli Rafiqjon Jalilov haydovchilarni ham ogohlikka chaqirdi.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, Toshkent shahar YHXX shaxsiy tarkibi sizlarni hushyorlikka chaqiradi. Iltimos, yo‘llardan harakatlanish vaqtida o‘zingiz hamda o‘zgalarning xavfsizligiga befarq bo‘lmang. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling”, — dedi Rafiqjon Jalilov o‘z murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi “Chorsu” bozori atrofida o‘tkazilgan tadbirda ko‘plab fuqarolar piyodalar o‘tish yo‘lida svetofor chiroqlariga amal qilsa-da, lekin telefonda gaplashib yoki quloqchin taqqan holda harakatlanayotgani ma’lum bo‘lgandi

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasiga ko‘ra, piyodalar o‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitob yoki davriy nashrlarni o‘qishi, videomaterial tomosha qilishi hamda audiomaterial eshitishi, shuningdek, eʼtiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi BHMning uchdan bir qismi (110 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Piyodalarning yo‘lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tishi ham shuncha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »