Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida Avdeyevka uchun jang eng qimmatlisi bo‘ldi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.


Ukraina qurolli kuchlarining artilleriyasi shaharga yaqinlashganda Rossiyaning zirhli texnikasi va piyoda askarlari kolonnasi juda katta yo‘qotishlarga uchradi. NYT’ning yozishicha, jang boshlanganidan deyarli uch hafta o‘tgach, rus armiyasi o‘zi kutgan tezkor muvaffaqiyatga erisha olmadi. Avdeyevka yaqinidagi ruslarning yo‘qotishlari Ugledarga hujum paytidagi yo‘qotishlardan kattaroqdir.

Avdeyevkadagi katta hujumning birinchi kunidagi janglar shunchalik shiddatli ediki, 110-alohida mexanizatsiyalashgan brigadada dronlar tugadi va qo‘shimcha kuchlar uchun yaqin atrofdagi 109-brigadaga murojaat qilindi.

Jurnalistlarning qayd etishicha, Avdeyevka 2014-yildan beri Rossiya Qurolli kuchlari nishoniga aylangan. 109-hududiy mudofaa brigadasi askarining aytishicha, bu butun urush davomida shaharga qilingan eng shafqatsiz hujumdir.

“Bizda maksimum yarim kunlik sukunat holati bo‘lgan”, — dedi u.

Qayd etilishicha, Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning front chizig‘i bo‘ylab asosiy avtomobil va temiryo‘llardan foydalanishini to‘sishda davom etmoqda. Shuning uchun Avdeyevka bosqinchilar uchun strategik ahamiyatga ega. Uni qo‘lga kiritish Ukraina qo‘shinlarini Donetskdan uzoqlashtiradi va bu hududda rus qo‘shinlari uchun asosiy temiryo‘l va avtomobil yo‘llarini ochadi.

Bundan tashqari, shahar siyosiy ahamiyatga ega. Yillik qarshiliklardan so‘ng shaharni qo‘lga kiritish Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun qish yaqinlashayotganda katta muvaffaqiyat bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »