Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

24-oktyabr kuni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer va O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston vazirlari O‘zbekistonning Samarqand shahridagi C5+1 mintaqaviy diplomatik platformasi hamkorligida uchrashdi. 

C5+1 mintaqaviy aloqalar vazirlari majlisida Pauer AQSHning savdoni optimallashtirish, ikki tomonlama savdo va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash, eksport-import bozorlarini diversifikatsiya qilish, yashil energiyani rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish, inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash orqali Markaziy Osiyo bilan mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish tarafdori ekanini aytdi

Ishtirokchilar barqaror yashil energiyani qo‘llab-quvvatlash, transport sektorini rivojlantirish, bojxona va chegara boshqaruvini kuchaytirish kabi mintaqaviy iqtisodiy ahamiyatga ega masalalarda hamkorlik qilish niyatini bildirdi. Ular global muammolarga mintaqaviy yechimlarni taqdim etuvchi C5+1 hamkorlik muhimligini ta’kidladi.

C5+1 vazirlar yig‘ilishida ishtirokchilar:

  • Markaziy Osiyoning farovon kelajagini ta’minlash yo‘lida birgalikda ishlash va so‘nggi xalqaro o‘zgarishlarning salbiy oqibatlarini, ayniqsa inflyatsiya, teskari migratsiya, qarzlarni boshqarish va bandlik stavkalari sohalarida yumshatishni muhokama qildi;
  • Mintaqada inklyuziv iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy barqarorlikka ko‘maklashish mintaqaning uzoq muddatli farovonligi va barqarorligi uchun muhim ekanini bildirdi;
  • Iqlim inqirozini yengib o‘tish bo‘yicha jamoaviy va mamlakat majburiyatlarini, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni ko‘paytirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, energiya manbalari va boshqa tarmoqlardan metan chiqindilarini tez kamaytirish, milliy sharoit va davlatlarning mavjud resurslarini hisobga olgan holda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha o‘rtoqlashdi;
  • Mintaqalararo savdo, transport va tranzit aloqalarini mustahkamlash muhimligini, tegishli qo‘shma loyiha va dasturlarni ishlab chiqish, mavjudlarini esa rag‘batlantirish orqali Markaziy Osiyoda transport hamkorligini, aloqadorligi va transport barqarorligini kengaytirish muhimligini aytdi;

Shuningdek, yig‘ilishda AQSH bilan savdo va sarmoyaviy aloqalarni chuqurlashtirish zarurligi, USAID’ning Markaziy Osiyodagi savdo faoliyati va AQSH hukumatining qo‘shimcha dasturlari ko‘magida tashqi iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish va yangi eksport bozorlarini rivojlantirish siyosatini birgalikda amalga oshirish kerakligi ta’kidlangan.

“Tomonlar xalqaro tranzitni ko‘paytirish va yuk tashishni kengaytirishga xizmat qiladigan Transkaspiy savdo yo‘li va qo‘shimcha multimodal transport yo‘laklarining ahamiyatini ta’kidlab, bunday savdo yo‘llari va tranzit yo‘laklariga investitsiyalarni ko‘paytirishga xizmat qiladigan chora-tadbirlarni ko‘rib chiqqan”.

Butun mintaqada ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni kengaytirish va ishchi kuchini rivojlantirish va ayollar, yoshlar va nogironlar bandligini qo‘llab-quvvatlash muhimligini tan olishdi.

  • Raqamli tafovutni kamaytirish va inklyuziv dizaynni rag‘batlantirish bo‘yicha mintaqaviy sa’y-harakatlar nogironlarning ta’lim, bandlik, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy imkoniyatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish orqali ularning hayotini sezilarli darajada yaxshilash salohiyatiga ega ekani e’tirof etildi;
  • Mahalliy tashkilotlarning barqaror iqtisodiy o‘sishga olib keladigan, kerak bo‘lganda, jamiyatga asoslangan yechimlarni ishlab chiqishdagi muhimligi ta’kidlandi; 
  • Muzliklarni saqlash, suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni yaxshilash, suv resurslarini mintaqaviy va transchegaraviy boshqarish hamda mavjud faoliyat va dasturlardan qanday foydalanishni tushunishga yordam beradigan hamkorlikni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi;
  • Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish orqali investitsiya va biznes uchun qulay muhitni yaxshilash muhimligi tan olindi;
  • Iqtisodiy o‘sishni va ish o‘rinlarini yaratishni rag‘batlantirish uchun mintaqaning raqamli, texnologik va innovatsion iqtisodiyotlarini rivojlantirish muhimligini muhokama qildi;

Shuningdek, USAID’ning C5 hukumatlarining energetika xavfsizligi, toza energiyani rivojlantirish va energiya tizimlarining mintaqaviy integratsiyasi bo‘yicha milliy va mintaqaviy ustuvorliklarini qo‘llab-quvvatlovchi davom etayotgan Power Central Asia tashabbusini yuqori baholandi. 

Tinch va farovon Markaziy Osiyo uchun BMT nizomi va uning tamoyillariga rioya qilish orqali barcha mamlakatlar mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga barqaror sadoqat zarurligi aytildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »