Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

FourFourTwo nashri Lionel Messi uch marta “Oltin to‘p” sovrinini nohaq qo‘lga kiritgan deb hisoblaydi.

Britaniya nashri futbol tarixidagi 10 ta “o‘g‘rilik”ni tuzib chiqdi. 

1. Robert Levandovski 2021-yilda Messining o‘rniga “Oltin to‘p”ni olishi kerak edi. Shuningdek, 2020-yilda ham sovrin polshalik hujumchiga berilishi lozim edi.

2. Tyerri Anri 2003-yilda Pavel Nedveddan, 2004-yilda Andrey Shevchenkodan ko‘ra “Oltin to‘p”ga loyiqroq edi.

3. Uesli Sneyder 2010-yilda Messidan nohaq ortda qolgandi.

4. 2013-yilgi sovrinni Krishtianu Ronaldu emas, Frank Riberi olishi kerak edi. 

5. Messining 2019-yilgi sovrini Virjil van Deykniki bo‘lishi kerak edi.

6. Ronaldu, Muhammad Saloh va Antuan Grizmann 2018-yilgi “Oltin to‘p”ga Luka Modrichdan ko‘ra ko‘proq loyiq bo‘lgan.

7. Alfredo di Stefano 1956-yilda Stenli Metyuzning o‘rniga “Oltin to‘p”ni olishi kerak bo‘lgan.

8. 2001-yilda Maykl Ouenga berilgan sovringa Oliver Kan yoki Raul haqli bo‘lgan.

9. Luis Suares 1960-yilda Ferens Pushkashni ortda qoldirishi kerak bo‘lmagan.

10. 2006-yilgi “Oltin to‘p” sovrini Fabio Kannavaroga emas, Janluijji Buffonga berilishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilgi “Oltin to‘p” sovrinini Lionel Messi qo‘lga kiritdi. Argentinalik futbolchi “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandni ortda qoldirib, faoliyatidagi 8-sovringa ega chiqdi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »