Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilning oktyabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1 foizga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lumotlarga ko‘ra, oktyabr oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,3 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 1 foizga va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgani kuzatilgan.

Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 9 foizga yetgan. Yil boshidan buyon isteʼmol sektoridagi narxlar indeksi o‘rtacha 6,2 foizga o‘sgan.

Markaziy bank 2023-yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi 8,5–9,5 foiz atrofida bo‘lishini prognoz qilgandi. 2022-yilda yillik inflyatsiya 12,3 foizni tashkil etgan2021-yilda bu ko‘rsatkich 9,98 foiz2020-yilda 11,1 foiz2019-yilda 15,2 foiz, 2018-yilda 14,3 foiz2017-yilda 14,4 foiz bo‘lgan.

Inflyatsiya o‘zi nima? 

Inflyatsiya deganda mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishi (o‘sishi) tushuniladi. Uning asosiy ko‘rsatkichi iste’mol narxlarining ma’lum bir davrdagi o‘zgarishi hisoblanadi. Narxlarning umumiy darajasi ko‘tarilishi natijasida mamlakat pul birligi (milliy valyuta) xarid qobiliyatining pasayishi ro‘y beradi. Bu esa o‘z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »