Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Markaziy bank boshqaruvi 26-oktyabrdagi yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Regulyatorning qayd etishicha, iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlar va kutilmalar yilning birinchi yarim yilligidagi pasayishdan so‘ng, mahsulotlar taklifidagi o‘zgarishlar va inflyatsion talab omillari fonida biroz tezlashishi kuzatilgan.

Asosiy stavkaning joriy darajasi yil oxiriga qadar inflyatsiyaning prognoz ko‘rsatkichlari doirasida shakllanishi uchun zaruriy pul-kredit sharoitlarini taʼminlashga xizmat qiladi.

Umumiy inflyatsiya-yil boshidan pasayuvchi dinamikada shakllanib oxirgi chorakda 9,2 foizgacha tezlashgan. Inflyatsiya o‘sishining tarkibiy omillari qatorida oziq-ovqat narxlarining 11 foizgacha tezlashishi, meva-sabzavotlar va tartibga solinadigan narxlar o‘zgarishining umumiy inflyatsiyadagi hissasi ortishi bilan izohlanmoqda.

Bazaviy inflyatsiya yil boshidan pasayib sentyabrda 10,3 foizni tashkil qilgan. Aholi va tadbirkorlarning kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari avgust oyidagi o‘sishdan so‘ng mos ravishda 13,5 va 14,2 foizgacha pasaygan. Iqtisodiyotdagi kutilmalar qisqa muddatli shoklarga yuqori taʼsirchan bo‘lib qolmoqda.

“Global inflyatsion jarayonlarning davomiyligi bo‘yicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Asosiy savdo hamkorlardagi inflyatsiya darajasi va almashuv kurslarining joriy dinamikasidagi vaziyat so‘mning real samarali almashuv kursini mustahkamlanishiga bosimlarni kuchaytirmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ijobiy real foiz stavkalari depozit bozorining chakana segmentida yuqori faollikni taʼminlamoqda. Sentyabr oyida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 21,1 foizni tashkil etib, 1-oktyabr holatiga muddatli depozitlar qoldig‘ining yillik o‘sishi 47,1 foizni, jumladan, jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari o‘sishi 52,3 foizni tashkil etgan.

Markaziy bank boshqaruvining 2023-yil 26-yanvarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirilgandi. 2023-yil 16-martda asosiy stavkani yillik 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 14 foiz darajasida belgilandi. 14-sentyabr kuni asosiy stavka 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »