Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalq deputatlari Sherobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Zaynobiddin Xalilov
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Sessiyada tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Zaynobiddin Xalilov sog‘ligi tufayli o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgani maʼlum qilingan. Uning o‘rniga Usmon Alimov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan.

Usmon Alimov 1983-yil 6-aprelda Denov tumanida tug‘ilgan. 2007-yil va 2014-yilda Termiz davlat universitetini, 2021-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi – milliy istiqlol g‘oyasi huquq va maʼnaviyat asoslari, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi.

Usmon Alimov
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Usmon Alimov 2013-2019-yillarda viloyat hokimligida turli vazifalarda hamda Uzun tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019-yildan buyon Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Zaynobiddin Xalilov shu yilning yanvar oyida Sherobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan edi. U 2006-2022-yillarda monopoliya, qurilish vazirligi, raqobat qo‘mitasi, hisob palatasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022-yildan buyon Hisob palatasining sho‘ba mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sayxunobod tumani hokimi etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari Nishon tumaniga, Nishon hokimi esa Muborak tumaniga hokim bo‘ldi, Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov Qarshi tumani hokimi sifatida ish boshladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »