Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya qo‘shinlari 3-noyabrga o‘tar kechasi Shahed tipidagi kamikadze dronlari bilan Ukrainaga keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining ertalabki hisobotida aytilishicha, Ukraina hududi bo‘ylab 38 ta dron uchirilgan, ulardan 24 tasi urib tushirilgan.

Ukraina Qurolli kuchlari shuningdek, Rossiyaning X-59 raketasini urib tushirganini ma’lum qildi. Bosh shtab dron hujumi oqibatlari haqida hozircha xabar bermadi.

Xarkov viloyati politsiyasi Rossiyaning o‘nta uchuvchisiz uchog‘i mintaqadagi fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilganini ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Dron zarbalari oqibatida garajlar va avtomashinalar yonib ketgan, xo‘jalik inshootlari shikastlangan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, dronlardan biri ta’lim muassasasiga urilgan. Bino yonib ketgan, ikki qavat va tom vayron bo‘lgan. Yong‘inlar turar joy binosi va ma’muriyat binosida ham sodir bo‘lgan. Barcha yong‘inlar o‘chirildi, deya qo‘shimcha qildi politsiya.

Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram

Lvov viloyati rasmiylari ham dron hujumi haqida xabar berdi. Lvov viloyati ma’muriyati raisi Maksim Kozitskiy tunda havo hujumidan mudofaa ishga tushgani haqida yozdi. U hujum oqibatlari haqida xabar bermadi.

Ukraina Qurolli kuchlarining “Janub” operativ qo‘mondonligi matbuot kotibi Natalya Gumenyuk telemarafonda havo hujumidan mudofaa tizimlari qariyb besh soat ishlaganini aytdi.

“Janubda Shahed tipidagi 11 ta dron ustida ish olib borildi va bir kechada yo‘q qilindi: Nikolayev viloyati va Kirovograd viloyatida uchtadan, Odessa viloyatida ikkitadan va Xerson viloyati, Dnepropetrovsk viloyati va Vinnitsa viloyatida bittadan. X-59 raketasi ham Kirovograd viloyatida urib tushirildi”,— deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Ukrainskay pravda”.

Gumenyukning qo‘shimcha qilishicha, Odessa viloyatidagi infratuzilma obyekti texnik hududiga zarba kelib tushgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, yetkazilgan zarar ham jiddiy emas.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »