Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rus qo‘shinlari 6-oktyabrga o‘tar kechasi Xarkovga raketa zarbalarini berdi. Viloyat rahbari Oleg Sinegubov Kiyev va Osnovyanskiy tumanlariga raketa kelib tushganini xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumdan keyin 9 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan, yaradorlar orasida 11 oylik bola ham bor. Avtomobillar va binolarga zarar yetdi, deb yozgan Sinegubov.

Keyinroq Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari Igor Klimenko Xarkovdagi raketa hujumi oqibatida 25 kishi yaralanganini ma’lum qildi. Ikkita ko‘p qavatli turar joy va bitta uch qavatli bino shikastlangan. Vayronalar ostidan 10 yoshli bola o‘lik holda topilgan.

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters

Bundan tashqari tunda Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga “Shahed-131/136” dronlari bilan hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi.

Ukraina harbiylariga ko‘ra, hujumda 33 ta dron ishtirok etgan, ulardan 25 tasi urib tushirilgan. Dronlar bir necha guruhga bo‘lingan holda Ukrainaning janubiy, sharqiy va markaziy hududlari yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan. Hujumni qaytarishda aviatsiya, zenit-raketa kuchlari, mobil o‘t o‘chirish guruhlari bo‘linmalari va elektron urish vositalari qatnashgan.

Odessa viloyatida dronlar Izmoil tumanidagi chegara va port infratuzilmasiga hujum qildi, dedi viloyat ma’muriyati rahbari Oleg Kiper. Uning so‘zlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari uchta dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan, u dronlarning nechtasi mudofaani yorib o‘tganiga aniqlik kiritmadi. Hujum oqibatida don omboriga zarar yetgan, 9 ta yuk mashinasi yonib ketgan. Kiperning so‘zlariga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.

Bundan tashqari, Odessa viloyati rahbari dron hujumi tufayli parom o‘tish joyi vaqtincha yopilganini ma’lum qildi. BBC rus xizmatining aniqlik kiritishicha, gap Orlovkadagi chorraha haqida ketayotgan bo‘lishi kerak, mahalliy Telegram kanallari ushbu hududda portlashlar sodir bo‘lganini xabar qilgan.

Yana sakkizta dron Nikolayev viloyatida, yettitasi Cherkas viloyatida urib tushirilgan. Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi, shuningdek, Xarkov, Dnepropetrovsk va Jitomir viloyatlarida uchuvchisiz uchoqlar urib tushirilgani haqida xabar berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »