Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainaning Defense Express nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, sentyabr oyida Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga qarshi 503 ta Shahed-136 hujumchi dronlarini uchirgan. Bu rus kuchlari tomonidan keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri foydalanilgan dronlarning rekord darajadagu soni. Avvalgi rekord may oyida qayd etilgan — 413 ta.

Rossiya Shahed dronlari nomini “Geran”ga o‘zgartirib ishlatadi
Foto: AP Photo

Ukraina harbiylarining maʼlumotlariga ko‘ra, 503 ta drondan 396 tasi urib tushirilgan. Ukraina havo mudofaasi tizimining dronlarga qarshi o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatkichi 78,7 foizni tashkil qiladi. Shu bilan birga, Defence Express hisob-kitoblariga ko‘ra, rus qo‘shinlari bir vaqtning o‘zida hujumda 20 dan ortiq dron uchirmagan paytda Ukraina havo mudofaasi samaradorligi 100 foizga yaqinlashgan.

Rossiya Erondan sotib oladigan Shahed-136 dronlarining bittasi narxi taxminan 20-40 ming dollarni tashkil qiladi. Ushbu hisob-kitoblarga asoslanib, Rossiya sentyabr oyida dron hujumlari uchun 10-20 million dollar sarflagan deyish mumkin, deb yozadi Defense Express. Shu bilan birga, ittifoqchilar tomonidan Ukrainaga yetkazib beriladigan havo hujumidan mudofaa raketalarining narxi har donasi uchun 1 million dollardan oshadi.

“Moskva buni anchadan buyon hisobga olib keladi va zarbalarni ko‘paytirmoqda, ko‘p sonli Shahed-136 larni yoppasiga uchirish va zarbalar vektorini doimiy ravishda o‘zgartirish taktikasini qo‘llamoqda”, — deyiladi hisobotda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »