Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

13-sentabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Odessa viloyatiga uchuvchisiz uchoqlardan zarba berdi. Ukraina janubidagi Mudofaa kuchlari xabariga ko‘ra, hujum to‘rt yarim soat davom etgan va mintaqadagi fuqarolik infratuzilmasini nishonga olgan.

Foto: Ukraina IIV

Havo hujumidan mudofaa kuchlari 32 ta hujumchi dronni urib tushirdi. Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi xabariga ko‘ra, 13-sentabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Odessa va Sumi viloyatlari bo‘ylab jami 44 ta uchuvchisiz uchar apparatni uchirdi.

Dron hujumi oqibatida port infratuzilmasi obyektlari zarar ko‘rgan, yuk mashinalari to‘xtash joyida yong‘in chiqqan.

Ukraina janubi mudofaa kuchlari maʼlumotlariga ko‘ra, yetti kishi – haydovchilar turli darajadagi og‘irlikdagi jarohatlar olgan. Odessa viloyati rahbari Oleg Kiper, o‘z navbatida, olti nafar tinch aholi yaralangani haqida ma’lum qildi, ulardan uch nafarini kasalxonaga yotqizishga to‘g‘ri kelgan.

Rossiya Ukrainadan dunyoning boshqa mamlakatlariga don jo‘natish bo‘yicha kelishuvdan chiqqanidan so‘ng, iyul oyi o‘rtalaridan boshlab Rossiya qo‘shinlari Odessa viloyatiga dron va raketa hujumlarining intensivligini oshirdi. Hujumlar, birinchi navbatda, donni saqlash va tashish uchun foydalaniladigan infratuzilmani nishonga olmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »