Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerikaning CBS telekanali jurnalisti bilan suhbatda Rossiyadagi nishonlarga qilingan hujumlar haqidagi savolga javob berdi. Hozircha Ukraina rasmiylari hujumdagi ishtirokini rasman tan olmagan.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Zelenskiy Ukraina bilan chegaradan yuzlab kilometr uzoqlikdagi nishonlarga, jumladan, Moskva markaziga hujum qilgan dronlar ortida Ukraina kuchlari turgani haqidagi da’volarni bevosita rad etmadi. U faqat Ukraina G‘arb ittifoqchilari bergan qurollardan o‘z hududida foydalanishini takrorladi.

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti “Rossiya Ukrainaga hujum uchun raketalarni qayerdan uchirmasin, Ukraina o‘sha joyga hujum qilishga ma’nan haqli” ekanini ta’kidladi.

“Biz ularga shunday javob beramiz: Osmoningiz siz o‘ylaganchalik yaxshi himoyalanmagan”, — dedi Ukraina rahbari

Zelenskiy o‘z intervyusida Ukrainaning qarshi hujumi sur’atiga ham izoh berdi.

“Bu qiyin vaziyat, sizga ochiq gapiraman. Bizdagi tashabbusning o‘zi plyus. Bu juda muhim. Rus bosqinchilarining yurishini to‘xtatib, hujumga o‘tildi. Shunga qaramay, harakat unchalik tez emas. Ammo biz uchun har kuni oldinga siljiyotganimiz muhim”, — dedi u.

Ukraina prezidentining taʼkidlashicha, ukrain qo‘shinlari hatto yuz metr bo‘lsa ham, imkon qadar oldinga siljishi kerak.

“Putinning tin olishiga yo‘l qo‘ymalsigimiz kerak”, — dedi Zelenskiy.

U, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi ob-havoga bog‘liq emasligiga ishontirdi: hozirda ba’zi G‘arb tahlilchilari yaqin orada kuzgi loygarchilik boshlanishi haqida xavotir bilan ogohlantirmoqda.

Ukraina qo‘mondonligi anneksiya qilingan Qrimdagi nishonlarga, jumladan, Qrim ko‘prigiga qilingan hujumlarni rasman tan olgan. Shu bilan birga, Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasidagi manbalar Rossiya harbiy aerodromlariga aynan razvedka xizmati hujum uyushtirganini aytgan. Hujum oqibatida Ukraina hududini o‘qqa tutishda qatnashgan samolyotlarga shikast yetgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »